O`quv ishlari

PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR HAQIDA

13“Ta’lim texnologiyasi” tushunchasi tushunchasi esa lug‘aviy jihatdan (inglizcha “an educational technology”) ta’lim (o‘qitish) jarayonini yuksak mahorat, san’at darajasida tashkil etish borasida ma’lumotlar beruvchi fan (yoki ta’limot) ma’nosini anglatadi.

Pedagogik texnologiya o‘z mohiyatiga ko‘ra sub’ektiv xususiyatga ega bo‘lib, ya’ni, har bir pedagog ta’lim-tarbiya jarayonini o‘z imkoniyati, kasbiy mahoratidan kelib chiqqan holda ijodiy tashkil etishi lozim. Qanday shakl, metod va vositalar yordamida tashkil etilishidan qat’iy nazar pedagogik texnologiyalar:

   -pedagogik faoliyat (ta’lim-tarbiya jarayoni)ning samaradorligini oshirishi;

   -o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni qaror toptirishi;

   -o‘quvchilar tomonidan o‘quv predmetlari bo‘yicha puxta bilimlarning egallanishini ta’minlashi;

   -o‘quvchilarda mustaqil, erkin va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishi;

   -o‘quvchilarning o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqara olishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishi;

   -pedagogik jarayonda demokratik va insonparvarlik g‘oyalarining ustuvorligiga erishishni kafolatlashi zarur.

Pedagogik texnologiya hozirda barcha pedagogik kasblar hamda ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil qilish, boshqarish, nazorat qilish bilan bog‘liq kasblarning asosini tashkil qiladi.

Pedagogik texnologiya-ta’lim-tarbiya berish bo‘yicha ko‘zda tutilgan maqsadga erishishni kafolatlaydigan jarayon. Bu jarayon ma’lumotlarni o‘zlashtirish uchun qulay shakl va usulda uzatish orqali o‘quvchini mustaqil o‘qishga, bilim olishga, fikrlashga o‘rgatishni kafolatlaydi.