Bu qiziq

8a0c6386a3_330crop-Dunyodagi birinchi dorixona 1000 yilda Bag‘dodda ochilgan.
— Britaniyada 1845 yilda amalda bo‘lgan qonunga ko‘ra o‘z-joniga qasd qilishga urinish, qatl etish bilan jazolangan.
-Qirol Lyudovik XIX Fransiyani bor-yo‘g‘i 15 daqiqa boshqargan.
-Amerikada XVII asrda ayollar o‘rtacha 13 ta farzand ko‘rishgan.
-AQShning barcha prezidentlari ko’zoynak taqishgan. Lekin ularning ba’zilari o’zlarining ko’zoynak taqishlarini omma oldida namoyish qilishmagan.
— Angliya qirolichasi Viktoriya tug‘ish jarayonida anesteziya (og‘riq qoldiruvchi) sifatida xloroformdan foydalangan birinchi ayollardan bo‘lgan.
— Vatikan tarixida bola tug‘ilishi biror marta ham qayd qilinmagan.
— XVIII asrda stomatologlar tishni plombalashda rezinadan foydalangan.
— Qadimgi yunonlar tish og‘rig‘ini yolg‘onchilik oqibati deb bilishgan.
— Ilk multpersonaj Geti laqabli dinozavr 1910 yilda yaratilgan.
-Mashhur bastakor Betxoven yangi kuy yozishdan oldin. Boshini muzdek suv to’la bochkaga tiqib olardi.
-Shaxmat bo’yicha dunyo chempioni Vladimir Kramnikning shaxmat dasturi Fritz bilan o’ynayotgan payti esnashi uning mag’lubiyatiga sabab bo’lgan.
— Fir’avn Ramzes II ning 160 nafar farzandi bo‘lgan
-«Marlboro» kompaniyasining birinchi xo’jayini o’pka saratoni xastaligi sabab olamdan o’tgan.
— Iskandar Zulqarnayn davrida ham och rangdagi sochlar urfda bo‘lgan. Buning uchun ayollar ohakli araq va giyohlar damlamasidan foydalangan.
— Angliyada XVIII asrda oqsuyak oliftalar o‘ta tor pantalon kiyishgan. Unga sig‘ish uchun kiyilayotganda maxsus moslama yordamida cho‘zib turganlar.
— Fransuz faylasufi Volterning 80 ta hassasi bo‘lgan. Zamondoshi Jan Jak Russoda esa 40 ta. Fransiyada hassaga tayanib yurish ham ayollar, ham erkaklar uchun urf bo‘lgan.
-Uylarni raqamlash ilk marta XVIII asrda Londonla paydo bo‘lgan. Ungacha xonadon egasining nomi bilan aniqlanardi.
-Fransiyada 1944 yilga qadar ayollarga ovoz berish huquqi berilmagan.
-Ilk sug‘urta 1151 yilda Islandiyada qayd qilingan. Odamlar o‘lat va yong‘indan sug‘urtalanganlar.
-Hozirgacha eng og‘ir odam 1983 yilda vafot etgan amerikalik Jon Brauer Minnok hisoblanadi. U 635 kilogramm tosh bosgan.
-Qadimgi Misrda dalalarning asosiy zararkunandalari chigirtka yoki kungizlar emas, begemotlar xisoblangan.
-1890 yilda Yaponiyadan Rossiyaga donishmand Fukurimi shaklchalari olib kirilgan. Hozirda bunday shaklchalarni biz matryoshka deb ataymiz.
-Qadimgi Xitoyda ota-onalar uchun eng yaxshi sovg‘a tobut hisoblangan.
-Dastlabki sharikli ruchkalar savdoga 1945 yilda chiqarildi. Har birining narhi 12 dollar bo‘lgan.
-Qadimda Rusda sarafan erkaklar kiyimi hisoblangan.
-Dastlabki galsutklar Xorvatiyada paydo bo‘lgan. Aynan shuning uchun ham, ingliz tilida galstuk so‘zi – cravat (Xorvatiya – Croatia) bo‘lsa kerak.
-17 asrda termometrlarda simob o‘rniga Brendi ishlatilgan.