Maktab haqida

SAMSUNG CAMERA PICTURES

Parkent tumani xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo’limi tasarrufidagi 10-umumiy o’rta ta’lim maktabi 1981 yilda tashkil topgan bo’lib quvvati 1174 nafar o’quvchi .Maktab 2006 yilda kapital ta’mirlangan bo’lib 4 ta blokdan iborat Maktabda 29 ta sinf xonalari,sport maydonchasi,2ta informatika xonasi ,fizika ,kimyo, biologiya xonalari mavjud.O’qish 2 davrada bo’lib o’tadi.60 nafar pedogog ta’lim tarbiy berib kelmoqa. 60 nafar pedogog xodimlarning 50 nafari oliy ma’lumotli , 10nafari o’rta maxsus Shulardan OLiy toifalilar -1 nafar , 1-toifalilar 11 nafar 2-toifalilar -19 nafar ,mutaxassislar 19 nafarni tashkil etadi.

Maktabmiz tarixiga nazr solsak , birinchi direktor 1982 yildan — 1993 yilgacha Xaitmatov Nig’mat aka, 1993-2000 yilgacha Ikromov Asqar aka, 2000 — 2002 yillarda Usmonov Jaxpar aka, 2002 yildan xozirgi kunga qadar Toshtoyev Axmad akalar maktabmizning ta’lim — tarbiya sohasida xissalari beqiyosdir. Shu davrlar ichida maktabimizda ishlab o’tgan tumanimiz va viloyatimiz miqiyosida taniqli bo’lgan ulug’ jonkuyar ustozlardan O’zbekiston xalq o’qituvchisi matematika fani o’qituvchisi Erkin aka Ro’ziyev, Xalq maorifi a’lochisi boshlang’ich ta’lim o’qituvchisi, Najim aka Mirzaqodirov, fizika fani o’qituvchisi Nazirulla Zohidov, ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi O’sarova Raxima opa, fizika fani o’qituvchisi Yo’ldosh aka Nurov va bir qancha o’qituvchilar maktab tarixida muhim ahamiyat kasb etgan.

Hozirda ularni izdoshlari sifatida jismoniy tarbiya fani o’qituvchisi Nazarov Abdusukur aka,informatika fani o’qituvchisi Mirzaqodirov Nuhriddin aka, matematika fani o’qituvchisi Ro’ziyev Shuxrat aka, iqtsod fani o’qituvchisi Zohidov Akmal akalar ularrni ishlarini davom ettirish bilan bir qatorda maktabimiz, tumanimiz, viloyatimiz sharafini fan olimpiadalari va sport musobaqalarida yuqori natijalariga erishsiga o’z hissalarini qo’shib kelmoqda.

Respublikamizning barcha ta’lim muassasalarida bo’lgani kabi  мaktabimiz pedogoglari orasida « O’rgat-o’rgan», «Ustoz -shogird», «Dars muqaddas» tadbirlari keng qo’llanilib kelinmoqdava bu o’sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalashda va ta’lim sifatini yaxhsilashga olib kelmoqda.Мaktabda va sinflararo va hududlarda turli tadbir va musobaqa o’tkazish orqali o’quvchilarni bilim sifatini oshirish ishlari tashkil etib borilmoqda.

Добавить комментарий