2

Maktablarning o‘rnak ko‘rsatgan xodimlari moddiy rag‘batlantiriladi

Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirish direktor jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan umumta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlari faoliyatining natijadorligi asosida ularni rag‘batlantirishning shaffof tizimini joriy etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullandi.

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, jamg‘arma umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlariga muvofiq o‘quvchilarga ta’lim beradigan barcha tur va nomdagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari hamda maktab-internatlarda tashkil etiladi.

Jamg‘arma umumta’lim muassasasida o‘quv-tarbiya jarayonining samaradorligi va sifatini oshirishni rag‘batlantirish, pedagog, psixolog va kutubxona xodimlariga oylik ustama belgilash, umumta’lim muassasalari xodimlarini mukofotlash va ularga moddiy yordam berish, pedagog xodimlarning kasb mahorati va malakasini oshirishini rag‘batlantirishni kuchaytirish maqsadida tashkil etiladi.

Jamg‘armaning vazifalari quyidagilardan iborat:

umumta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarining (ular umumiy sonining ko‘pi bilan 50 foizi) bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama belgilash yo‘li bilan ularni moddiy rag‘batlantirish;

umumta’lim muassasalari xodimlarini mukofotlash va ularga moddiy yordam berish;

tejalgan mablag‘lar mavjud bo‘lgan taqdirda, ushbu mablag‘lar hisobidan xodimlarning vaqtincha mehnatga layoqatsizligi bo‘yicha to‘lanmagan nafaqalarni moliyalashtirish.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetida belgilangan tartibda nazarda tutiladigan budjet mablag‘lari Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari hisoblanadi. Jamg‘arma umumta’lim muassasasi mehnatga haq to‘lash fondining 15 foizi miqdorida tashkil etiladi.

Pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarining bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama belgilash, umumta’lim muassasalari xodimlarini mukofotlash va ularga moddiy yordam berish umumta’lim muassasalarida tashkil etiladigan ustamalar belgilash, moddiy rag‘batlantirish va moddiy yordam berish bo‘yicha ishchi guruhlar tomonidan amalga oshiriladi.

Pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarining bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar tarbiyaviy jarayonning amalga oshirilish sifati va samaradorligiga, sinfdan tashqari ishlarga hamda o‘quvchilarni insonparvarlik va mehr-oqibat ruhida tarbiyalashga, tegishli sinflar va o‘quv fanlari uchun tasdiqlangan umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlarida nazarda tutilgan bilimlar va ko‘nikmalar to‘liq hajmining o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirib olinishi darajasiga va o‘quv jarayoniga qo‘shilgan aniq hissa, o‘qitishning yuqori samaradorligi va sifati uchun 40 foizgacha miqdorda belgilanadi.

Pedagog xodimlarning faoliyatini baholash mezonlari asosida to‘plagan umumiy ballari bo‘yicha ularga quyidagi miqdorlarda ustama haq belgilanadi:

65-70 ball to‘plasa — 10 foiz;
71-75-ball to‘plasa- 15 foiz;
76-80 ball to‘plasa — 20 foiz;
81-85 ball to‘plasa — 25 foiz;
86-90 ball to‘plasa — 30 foiz;
91-95 ball to‘plasa — 35 foiz;
96-100 ball to‘plasa — 40 foiz.

Umumta’lim muassasalari pedagog xodimlarining bazaviy tarif stavkalariga jamg‘arma hisobidan har oylik ustamalar yangi o‘quv yili uchun o‘tgan o‘quv yili yakunlari bo‘yicha belgilanadi.

Kutubxona xodimlarining faoliyatini baholash mezonlari asosida to‘plangan umumiy ballari bo‘yicha ularga quyidagi miqdorlarda ustama haq belgilanadi:

65-75 ball to‘plasa — 10 foiz;
76-85-ball to‘plasa- 15 foiz;
86-100 ball to‘plasa — 20 foiz.

Umumta’lim muassasalari kutubxona xodimlarining bazaviy tarif stavkalariga jamg‘arma hisobidan xar oylik ustamalar yangi o‘quv yili uchun o‘tgan o‘quv yili yakunlari bo‘yicha belgilanadi.

Psixolog xodimlarining faoliyatini baholash mezonlari asosida to‘plangan umumiy ballari bo‘yicha ularga quyidagi miqdorlarda ustama haq belgilanadi:

65-75 ball to‘plasa — 10 foiz;
76-85-ball to‘plasa- 15 foiz;
86-100 ball to‘plasa — 20 foiz.

Umumta’lim muassasalari psixolog xodimlarining bazaviy tarif stavkalariga jamg‘arma hisobidan har oylik ustamalar yangi o‘quv yili uchun o‘tgan o‘quv yili yakunlari bo‘yicha belgilanadi.

1

«Zakovat» intellektual o‘yiniga qiziqish ortmoqda

Yoshlarga bo‘lgan e’tiborni yanada kuchaytirish, belgilangan 5 ta muhim tashabbusni ijrosini ta’minlash, o‘quvchi-yoshlarni ijtimoiy-siyosiy va huquqiy bilimlarini mustahkamlash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahrida (har bir hududda bittadan) jami 14 ta umumta’lim maktabi “Zakovat” klublari faoliyatini takomillashtirish uchun tayanch maktabi sifatida belgilangan.

 

 

Т/р Ҳудуд номи “Заковат” клуби бўйича таянч
мактаби
1. Қорақалпоғистон Республикаси Нукус шаҳри, 17-умумтаълим мактаби
2. Андижон вилояти Андижон шаҳри, 35-ДИМИ
3. Бухоро вилояти Бухоро шаҳри, 35-умумтаълим мактаби
4. Жиззах вилояти Жиззах шаҳри, Умид ИБМИ
5. Қашқадарё вилояти Қарши шаҳри, Абдулла Орипов номидаги ДИМИ
6. Навоий вилояти Қизилтепа тумани, 3-умумтаълим мактаби
7. Наманган вилояти Наманган тумани, 16-умумтаълим мактаби
8. Самарқанд вилояти Тойлоқ тумани, 20-умумтаълим мактаби
9. Сирдарё вилояти Гулистон шаҳри, ХТИМИ
10. Сурхондарё вилояти Узун тумани, 12-умумтаълим мактаби
11. Тошкент вилояти Паркент тумани, 5-умумтаълим мактаби
12. Фарғона вилояти Марғилон шаҳри, 31-умумтаълим мактаби
13. Хоразм вилояти Урганч шаҳри, 1-умумтаълим мактаби
14. Тошкент шаҳри Яккасарой тумани, 118-умумтаълим мактаби

Mazkur tayanch maktablarida haftaning payshanba kuni «Zakovat» intellektual o‘yinlari o‘tkazilmoqda.

Surxondaryo viloyati, Uzun tumanidagi 12-umumta’lim maktabining «Tafakkur bilimdonlari» jamoasi «Zakovat» o‘yinining Respublika turnirida ishtirok etgach, maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘yinga bo‘lgan qiziqish yanada kuchaydi. O‘qituvchi va sinf rahbarlarining ham bu o‘yinga qiziqishlari kundan-kun ortmoqda. Dastlabki o‘yinlarda savollarga javob berishga qiynalgan jamoalar keyingi turlarda o‘z ustida mukammal ish olib bormoqda.

manba: uzedu.uz