2c94079d9f345f5dd2b4a29bda005b2d

Samalyot haqida qiziqarli faktlar

*1903 yilning 17 dekabrida aka-uka Raytlar ilk muvafaqiyatli samolyot parvozini amalga oshirgan va ushbu kun Aka-uka Raytlar kuni hamda Pan Amerika uchuvchilari kuni sifatida nishonlanib kelinadi(ko’proq amerikada). Bu kunda president aviasozlik tarixi va muvafaqiyatlari haqida nutq so’zlaydi. Maktablarda ham aviasozlik tarixi hamda evolyutsiyasi haqida ochiq darslar bo’lib o’tadi. Shuningdek, Orvill Rayt tu’ilgan kuni 19 avgust esa Amerikada “Milliy Aviasozlik“ kuni sifatida nishonlanadi.
* 1914 yilda eng birinchi yo‘lovchi tashish aviareysi amalga oshirilgan. Ichida hojatxonasi bo‘lganyo‘lovchi tashiydigan samolyot esa undan 5 yildan keyin paydo bo‘lgan. 1919 yildan boshlab esa uzoq masofaga uchuvchi yo‘lovchilarga salonda ovqat berila boshlagan.


* Statistik ma’lumotlarga qaraganda, har 100 kishidan 3 tasi aerofobiya ( parvoz qilishdan qo‘rqish) dan aziyat chekar ekan. Lekin hozirgi kunda aviatransport xizmatidan foydalanish juda ommalashib ketgan. Ular yordamida Yer yuzining istalgan nuqtasiga qisqa vaqt ichida yetib borish mumkin. Psixologlarning ta’kidlashicha, samolyotda parvoz paytida faqat yaxshi narsalar haqida o‘ylash lozim. Samolyotgan chiqishdan oldin valeriana tindirmasidan ichish ham yaxshi yordam beradi. Shirinlik, alkogolli ichimliklar va qahva ichish tavsiya etilmaydi, chunki, bu mahsulotlar qo‘rquv hissini kuchaytirar ekan.
*. “Boing-767” rusumidagi samolyot – dunyoning 800 dan ziyod korxonasi yetkazib beradigan 3,1 million detaldan yig‘ilgan “kolleksiya” dir. Samolyotga detallar esa dunyoning turli mamkatlaridan tayyorlanadi. Masalan, uning fyuzelyaji – Yaponida, qanotlari – Kaliforniyada (AQSh), burilish moslamalari – Italiyada tayyorlanadi.
* Frankfurt Mayn (Germaniya) – dan Nyu-Yorkka parvoz qilayotgan samolyotda yo‘lovchilar sichqonni ko‘rib vahima ko‘tardilar. Xullas, Ispaniya aeroportlaridan biriga majburiy ravishda qo‘nishga to‘g‘ri keldi. 200ga yaqin yo‘lovchini aeroport mehmonxonasiga joylashtirib, samolyot ekipaji sichqonni tutishga tuni bilan ovora bo‘lishdi, lekin buni hal qila olishmadi. Undan keyin samolyot saloniga bir nechta mushuk qo‘yib yuborilgandan so‘ng, bu muammo tez hal bo‘ldi.
*Aviakompaniyalar tomonidan taqdim qilinadigan dunyodagi eng qisqa reys — bu ikki Orkneym orollari orasidagi Shotlandiyadan shimolga: Vestrey va Ota Vestrey parvozi hisoblanadi. Samolyot orqali parvoz 2,5 kilometrdan sal oshiqroq masofa bo‘lib, 2 daqiqa davom etadi. Turgan joydan samoletning parvoz qilishini kuzatishingiz mumkin—samoletning parvozi yaqqol ko‘rinib turadi.

Добавить комментарий